2025-yil 19-iyun kuni Guliston tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida Axborot-kutubxona markazimizning o’quv zalida «Ilm kaliti-kitob» mavzusida taniqli aktrisa Maryam Yoqubovaning «Davrim va davram»kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.Taqdimot davomida aktrisaning hayoti va ijodi yozilgan kitob haqida ma’lumot berildi.Maryam Yoqubova ishtirok etgan fi’lmlar xozirga qadar sizu bizni ijodkor san’atidan bahramand etib kelmoqda.


