logo4.png

2026-yil 10-mart kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari bevosita tashkilot va muassasalarga borib, kitobxonlikni targ‘ib qilish jamiyatda intellektual salohiyatni oshirish maqsadida “Kitob — eng yaqin do‘st, eng buyuk ustoz!” mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.Targ’ibot davomida tashkilot xodimlari uchun joyida a’zo bo‘lish va yangi adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.Zamonaviy o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari haqida qisqacha sharhlar berildi. Kitobxonlikning inson hayoti va ish samaradorligidagi o‘rni haqida davra suhbatlari o‘tkazildi.Kitoblar tarixdan so‘zlaydi, kelajakka yo‘l ko‘rsatadi, yashashga o‘rgatadi, hayotda qoqilganimizda yiqilmasligimiz uchun suyanchiq bo‘ladi.