logo4.png

2026-yil 9-iyul kuni Guliston tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 13-apreldagi 40-son buyrug‘i asosida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida «Barkamol avlod» bolalar maktabidatashkil etilgan yozgi oromgohga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida yosh kitobxonlarimizga «Kitobxon shaxmatchilar» mavzusida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa jarayonida yosh kitobxonlarimiz faol qatnashib, o’z bilim va qobiliyatlarini namayon etishdilar. Musobaqada g’olib bo’lgan o’quvchilar rag’batlantirildi. Kitobxon shaxmatchilar — bu nafaqat intellektual salohiyati, balki chuqur dunyoqarashi, sabr-toqati va strategik fikrlashi bilan ajralib turadigan insonlar toifasidir. Ularni shaxmat taxtasi ortidagi «mutafakkirlar» deb ham atash mumkin.