2026-yil13-iyul kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, kitob mutolaasini keng targ‘ib etish hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida «Kitob – ma’naviyat xazinasi» mavzusida suhbat o‘tkazildi.Suhbat davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar, sevimli adiblari hamda kitobxonlik borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.Tadbir davomida kitob o‘qish odatini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish yuzasidan tavsiyalar berildi.


