2026-yil14-iyul kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi o’quv zalida mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bilimga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish toʻgʻrisidagi PQ-96-son qarori ijrosi doirasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.Tadbirda 9 ta mahalla jamoalari ishtirok etib tarix, adabiyot, ilm-fan, sport va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha berilgan savollarga javob berib, oʻz bilimlari, mantiqiy fikrlashi va zukkoliklarini namoyish etdilar.Yakuniy natijalarga koʻra Zarbdor MFY jamoasi 1-oʻrinni, Ibrat MFY jamoasi 2-oʻrinni, Furqat MFY jamoasi esa 3-oʻrinni egalladi. Gʻolib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo’llanmani qoʻlga kiritdilar.




