logo4.png

2026-yil 5-avgust kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida jurnalist, jamoat arbobi va O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludiga bag‘ishlab «El ardog‘idagi adib» mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmadan adibning hayoti va ijodini yorituvchi asarlar, publitsistik maqolalari hamda kitoblari o‘rin oldi.