logo4.png

2026-yil 7-avgust kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida «Mutolaa – ma’naviyat poydevori» mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Targ‘ibot davomida kitob mutolaasining inson kamoloti, dunyoqarashni kengaytirish,mustaqil fikrlashni rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni yuksaltirishdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.Kitobxonlarga badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilishning ahamiyati tushuntirildi hamda axborot-kutubxona markazi fondidagi yangi adabiyotlar tavsiya etildi.