logo4.png

2026-yil 2-sentabr kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi kitobxonlari bilan jadidchilik harakati, uning mazmun-mohiyati va millat ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ma’rifatparvar ajdodlarimiz hayotini chuqur o‘rgatish maqsadida «Jadidlar merosi – zamonaviy ta’lim va ma’naviyat poydevori» mavzusida suhbat o’tkazildi. Suhbatda o‘quvchilar ko‘chma kutubxona fondidagi jadid adiblari qalamiga mansub asarlar va ularning hayoti haqidagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, milliy tariximizga bo‘lgan hurmat va qiziqishlari yanada ortganligini bildirdilar.