2026-yil 16-noyabr kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida 33-maktabning kitobxon öquvçilari iştirokida “Bolalar kitobi — ezgulik va bilim manbai” mavzusida ertakxonlik va ifodali öqiş tadbiri bölib ötdi.
Tadbirda öquvçilar özlari sevib öqigan ertak va hikoyalaridan parçalar aytib, ularni ifodali tarzda öqib berdilar. Ertak qahramonlari, ularning yaxşi va yomon xatti-harakatlari haqida fikr almaşildi. Öquvçilarga ertaklar orqali yaxşilik qiliş, kattalarni hurmat qiliş, döstlik, halollik, mehnatsevarlik va mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni örganiş mumkinligi tuşuntirildi.
Şuningdek, kitobxon öquvçilar örtasida savol-javob va kiçik viktorinalar taşkil etilib, ularning kitobxonlikka bölgan qiziqişlari yanada oşirildi. Faol iştirok etgan öquvçilar rağbatlantirildi.

