logo4.png

2025 yil 18 iyun kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda «Fuqarolarning ekologik huquqlarini himoya qilish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Guliston tuman kengashi raisi Elmurod Kamolov fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, barqaror rivojlanish printsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha tushuncha berdi. Davra suhbatida 15 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.