2025-yil 19-iyun kuni Guliston tumani Axborot-kutubxona markazi hamda «Yoshlar ishlari» bo’limi hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o’quvchi- yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida »ZAKOVAT» intellektual o’yini bo’lib o’tdi.O’yinda «Mustaqillik»MFY «Ibrat»MFY, «Furqat»MFY yosh kitobxonlarimiz qatnashdilar.Ishtirochilar 3-guruhga bo’lindi.1-guruh «Zukkolar», 2-guruh «Topqirlar», 3-guruh «Bilimdonlar»guruhlarda ishtirok etishdi. Kitobxon yoshlarimiz savol- javoblarga faol qatnashdi.O’yinda 18 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.O’yin so’ngida «Mustaqillik» MFY yoshlari «Bilimdonlar» guruhi g’olib bo’ldi.

