logo4.png

2025-yil 21-avgust kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning adabiyotga, she’riyatga va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida «Dillarda Vatan madhi» mavzusida mushoira kechasi o‘tkazildi.Mushoira davomida kitobxonlar Vatanni madh etuvchi she’rlardan yod olib berdi. Bunday tadbirlar yoshlarning fikrlash doirasini kengaytiradi, ijodkorlik salohiyatini rivojlantiradi va ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaydi.