2025-yil 27-avgust kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi va “Terakzor” MFY xotin-qizlar faoli hamkorlikda milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni yoshlar ongiga singdirish maqsadida kitobxon o’quvchilar bilan “Milliy libos-millat qiyofasi,inson ko’rki,milliy iftixor ifodasi” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida kitobxon buvijonlar o’quvchilarga milliy kiyinish madaniyati ahamiyati,uning tarixi hamda zamonaviy hayotimizdagi o’rni haqida o’z fikrlarini bildirdi. Ushbu tadbir yosh avlodga milliy o’ziga xoslik va qadriyatlarni chuqur anglatish,o’z merosiga hurmat bilan yondashish hamda an’anaviy kiyinish madaniyatini keng targ’ib qilishga xizmat qiladi.



