logo4.png

2025-yil 29-avgust kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markaziga ”Terakzor” MFY da istiqomat qiluvchi yoshi ulug’ nuroniy kitobxonlar tashrif buyurishdi va “Kitob — eng yaqin do‘st, eng buyuk ustoz!” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Suhbat davomida yoshi ulug’ bobo va buvilarimiz kutubxona fondidagi turli janrlardagi adabiyotlar bilan tanishishdi, kitoblar haqida fikr almashishdi va o‘zaro qiziqarli suhbatlar qurishdi. Bunday uchrashuvlar yoshi ulug’ kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaa orqali fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.