2025-yil 11-dekabr kuni Guliston tumani Axborot-kutubxona markazi kitobxonlikni targ’ib qilish, axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida kitobxon yoshlarimizga «Kitob – tafakkur ko’zgusi» mavzusida targ’ibot olib borildi. Yaxshi fazilatlar inson ongiga kitoblar orqali singdiriladi. Har bir inson o‘z vaqtini unumli, foydali o‘tkazish, maʼnaviy saviyasini oshirish maqsadida kitoblar, badiiy adabiyotlar bilan oshno tutinadi, hordiq chiqaradi. Kitobga oshnolik kishilar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Asrlar davomida inson kitob bilan do‘st bo‘lib, o‘zini qiziqtirgan savollarga javob topib kelgan.


