2026-yil 6-yanvar kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida targ’ibot ishlari olib borildi va kitobxon o’quvchilar bilan «Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so’zlar aytadi» mavzusida suhbat o’tkazildi.Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan.



