2026-yil 13-yanvar kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida 27-maktab kitobxon o’quvchilariga XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludiga bag’ishlab «Buyuk adibni yod etib» mavzusida kitob- rasmli ko’rgazma tashkil etildi va adibning “Bolalik” kitobi taqdimoti o’tkazildi. Bu asar Oybekning oʻz hayoti va bolaligidan olingan xotiralar asosida yozilgan, yaʼni avtobiografik xususiyatga ega.



