logo4.png

2026-yil 4-mart kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 33-maktab kitobxon o’quvchilariga O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub “Nur borki soya bor” romani taqdimotini o’tkazdi.Taqdimotda kutubxona xodimlari yozuvchining boy ijodiy merosi, asarning yozilish tarixi va undagi qahramonlar fe’l-atvori haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi. Ayniqsa, asardagi hayotiy haqiqatlar va ma’naviy poklik masalalari o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Savol-javoblarga boy o‘tgan uchrashuv o‘quvchilarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.O‘tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari nafaqat adabiy qimmati, balki undagi ijtimoiy-axloqiy masalalar bilan ham kitobxon o‘quvchilar uchun juda foydali hisoblanadi.