logo4.png

2026-yil 5-mart kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi o’quv zalida 1-maktab kitobxon o’quvchilariga O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Uch ildiz” kitobi taqdimoti o’tkazildi Taqdimotda kitobxonlarga adibning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi, uning tarixiy romanlari va badiiy mahorati haqida ma’lumot berib o’tdi. Taqdimot davomida o‘quvchilar asar qahramonlarining insoniy fazilatlari, ilm yo‘lidagi mashaqqatlari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
“Uch ildiz” romani talabalik yillari, ilm-fanga bo‘lgan sadoqat va pokiza muhabbat haqida.Kitobxon o‘quvchilar uchun bu asar kelajakda kasb tanlash va oliy ta’limga tayyorgarlik ko‘rishda o‘ziga xos motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.