logo4.png

“Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir!”
Bahorning tarovati, yangilanish va ezgulik ramzi bo‘lgan Navro‘z Guliston tumanida ham “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida keng nishonlandi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitob ko’rgazma bilan ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev boshchiligida bir guruh nuroniylar va tashkilotlar ham ishtirok etib, milliy qadriyatlar bilan tanishdi hamda bayramga yig‘ilgan yurtdoshlarni kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan samimiy tabrikladi. Tadbirda estradamizda xizmat ko’rsatgan san’atkorlar, viloyat va tuman madaniyat xodimlari hamda folklor-etnografik jamoalarning chiqishlari, xonandalar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.