2026-yil 8-iyul kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, kitob mutolaasini keng targ’ib etish hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida «Kitob – ma’naviyat va taraqqiyot manbai» mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.Targ’ibot jarayonida kitob mutolaasining yoshlar tarbiyasidagi o’rni, bo’sh vaqtni mazmunli tashkil etish va muntazam kitob o’qishning afzalliklari yuzasidan suhbatlar o’tkazildi.Kitobxonlikning tafakkur va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.






