logo4.png

2026-yil 15-iyul kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 13-apreldagi 40-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda bolalarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida «Barkamol avlod» bolalar maktabida tashkil etilgan yozgi oromgohga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida qiziqarli kitob taqdimoti tashkil etildi. Kitobxon o’quvchilarga «Jangchi Krekning sarguzashtlari» kitobi tanishtirilib, asarning mazmuni, bosh qahramonlari, voqealar rivoji hamda unda ilgari surilgan g‘oyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Kitobdan qiziqarli parchalar o‘qib eshittirildi, o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkazildi. Taqdimot bolalarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirib, ularning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazishiga xizmat qildi.