logo4.png

Guliston tumanida «Payshanba — Yoshlar kuni» doirasida tuman markazida joylashgan muzeyga sayohat tashkil etildi.

Unda Guliston tumani hokimi Olimjon Jo’rayev ham ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Sayohat davomida Axborot-kutubxona markazi direktori S.To’rayeva ishtirokchilarni muzeydagi tarixiy eksponatlar, milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirdi.

Muloqot chog’ida yoshlarning kelajakdagi maqsad va rejalari, ta’lim, kasb-hunar hamda hayotdagi intilishlari haqida fikr almashildi.