logo4.png

2026-yil 10-avgust kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh avlod qalbida milliy g‘urur va ma’naviy dunyoqarashini boyitish,kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 28-dekabr kuni Yangi Toshkent hududidagi ayrim obyektlar qurilishi bilan tanishish jarayonida berilgan topshiriqlari bo‘yicha 7-sonli bayonining 5.2-bandiga asosan «Terakzor» MFYda «Milliy qadriyatlar – ma’naviyatimiz ustuni» nomli milliy va ma’naviy qadriyatlarni aks ettiruvchi keng qamrovli kitob ko‘rgazma tashkil etildi.Ko‘rgazmada xalqimizning milliy urf-odatlari,badiiy adabiyotlar hamda turli nashrlar o‘rin oldi.Ko‘rgazma orqali yoshlar milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish borasida zarur bilim va tushunchalarga ega bo‘ldi.