2026-yil 11-avgust kuni Guliston tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh avlod qalbida milliy g‘urur va ma’naviy dunyoqarashini boyitish,kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida Sirdaryo viloyati hokimining 2026-yil 9-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yarataylik!» shiori ostida mahallalarda tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1/03-111-sonli chora-tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash maqsadida «Sohilobod» va «Furqat» MFYlarida “Kitob – ma’naviyat va ma’rifat manbai” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.Ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning ma’naviy merosi,yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va ezgu insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi adabiyotlar namoyish etildi.



