2026-yil 16-noyabr kuni Guliston tuman Madaniyat uyida “INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bölimi rahbari Ğ Töyçiyev sözga çiqib, haftalikning asosiy maqsadi aholi, yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş,axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oşiriş hamda kitob va kitobxonlikning inson ma’naviy kamolotidagi beqiyos ahamiyatini keng tarğib etişdan iborat ekanligini ta’kidladi.
Axborot-kutubxona direktori S.Törayeva kitob insonning eng yaqin dösti, bilim va tafakkur manbai ekanligini, mustaqil fikrlaş qobiliyati şakllanişini alohida ta’kidlab ötdi va barçani haftalik doirasida taşkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari,turli tanlovlarda faol iştirok etişga çaqirdi.Oçiliş marosimi davomida kitobxonlikni tarğib etuvçi badiiy çiqişlar, şe’rlar va kuy-qöşiqlar namoyiş etildi.




